January 27

Vakant lavozimlar uchun tanlov

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ Kreditorlar va reyting agentliklari bilan ishlash departamentiga quyidagi lavozimlarga malakali mutaxassislar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

• Moliyalashtirishni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i;
• Moliyalashtirishni jalb qilish bo‘limi eksperti;
• Kredit majburiyatlarini boshqarish bo‘limi boshlig‘i;

Mutaxassislarga qo‘yiladigan kvalifikatsiya talablar:

• ma’lumoti: oliy (xorijiy oliy o‘quv yurtini tamomlaganlarga ustunlik beriladi.);
• mutaxassisligi: iqtisodiyot, moliya, bank ishi;
• tillarni bilish darajasi: o‘zbek va rus tillari - majburiy, ingliz tili – mukammal (IELTS sertifikati kamida - 7 ball);
• kompyuter savodxonligi: mukammal foydalanuvchi, Microsoft Office, Excel, Power Point ofis programmalarini bilish;
• ish tajribasi: o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yil;
• nomzodlar neft va gaz, moliya, iqtisodiyot, bank yoki davlat idoralari sohasida, xalqaro moliya institutlarida ish tajribasi bo‘lganlarga ustunlik beriladi.

Maxsus ko‘nikmalar:

• iqtisodiy, moliyaviy va tahliliy qobiliyatlarga ega bo‘lish;
• zamonaviy fikrlash, soha bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish.
• mas’uliyat, vijdonlilik, mehnatsevarlik, maqsadga muvofiqlik, stressga chidamlilik;

Nomzodlar 2025 yil 31 yanvarga qadar rezyume/anketalarini ushbu havola orqali anketa to‘ldirishlari lozim.

Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook