August 15

Perm o‘lkasi tadbirkorlari “Uzbekistan GTL” zavodida bo‘ldi

Ruscha

Perm o‘lkasi Sanoat va savdo vazirligi vakillari hamda bir guruh tadbirkorlar delegatsiyasi Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida “Uzbekistan GTL” zavodida bo‘lib, sintetik yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarilish jarayoni bilan tanishdi.

Xorijiy tadbirkorlarga zavodda tayyorlanadigan yangi turdagi sintetik yoqilg‘i mahsulotlarini ishlab chiqarish holati, sifat va standartlarga muvofiqligi, mahsulotlarni saqlash, sotish hamda iste’molchilarga yetkazib berish jarayonlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek zavodning zamonaviy boshqaruv panellari orqali uskuna va asosiy ishlab chiqarish qurilmalarini sinxron ekspluatatsiya qilish texnologik tizimi va o‘quv-simmulyasiya xonasi yaqindan tanishtirildi.

Bundan tashqari, markaziy laboratoriya binosida joylashgan zamonaviy qurilma va asboblar orqali zavodda ishlab chiqarilayotgan “GTL” dizel yoqilg‘isining tahlil jarayonlari ko‘rsatib berildi.

“Uzbekistan GTL” MCHJ PR-xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook