July 25

6 oyda 5 ming 686 tonna sanoat chiqindisi sotildi

Ruscha

Dunyo bo‘ylab atrof-muhit muhofazasi me’yorlari tobora kuchayib borayotganligi sababli sanoat chiqindilarini utilizatsiya qilish muammosi dolzarb bo‘lib bormoqda. Bugungi kunda chiqindilarni yoqib yuborish yoki chiqindixonalarga joylashtirish muammoni to‘liq hal qila olmayapti. Shu sababli ularni ikkilamchi maqsadlarda qayta ishlash bir vaqtning o‘zida ham ekologik, ham iqtisodiy samara bermoqda.

Shu maqsadda joriy yilning shu davriga qadar “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi boshqarma va korxonalar tomonidan shartnomalar asosida 5686,01 tonna sanoat chiqindisi 5501,54 million so‘mga sotildi.

Natijada iqtisodiy foydadan tashqari atrof-muhitga salbiy ta’sirning oldi olindi va sanoat chiqindilarni joylashtirganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari kamaytirildi.

Bugungi kunda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan boshqa turdagi ishlab chiqarish chiqindilarini ikkilamchi foydalanishga sotish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook