Vakant lavozim uchun tanlov
“O‘zbekneftgaz” AJ Moliya bo‘yicha direktor (CFO) lavozimiga malakali mutaxassislar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.
Nomzodga qo‘yiladigan malakaviy talablar:
• Oliy ma’lumotga ega bo‘lish (diplom mutaxassisligi bo‘yicha: moliya va kredit, buxgalteriya va hisob). “MBA” darajasiga ega bo‘lgan talabgorlarga afzallik beriladi;
• Yirik davlat korxonalarida moliya, buxgalteriya hisobi va hisoboti bilan bog‘liq yo‘nalishlarda kamida uch yil, moliya sohasida kamida besh yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
• Strategik rejalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
• Transformatsiya jarayonini boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
• Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar bo‘yicha chuqur tushunchaga ega bo‘lish;
• Moliyaviy va operatsion risklarni aniqlash, baholash va boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
• Loyiha boshqaruvi standartlari va metodologiyalari, ERP tizimlari bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘lish;
• Katta to‘rtlik” xalqaro audit-konsalting kompaniyalarida ish tajribasiga ega bo‘lish hamda “CIMA”, “ACCA”, “CFA”, “CIA” sertifikatlariga ega bo‘lish afzalliklar beradi.
Bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha talablar:
• korxonaning moliyaviy holatini chuqur tahlil qilish va uni sog‘lomlashtirish/barqarorligini oshirish yuzasidan reja ishlab chiqish;
• ikki oy muddatda korxonaning amaldagi moliyaviy holati bo‘yicha kuzatuv kengashiga batafsil hisobot va xulosani va asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish;
• moliyaviy xizmat tarkibiy bo‘linmasida kadrlar salohiyatini ko‘rib chiqish va uni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
• xalqaro bozorlarda uzoq muddatli va arzon moliya manbalarini jalb qilish bo‘yicha dastur ishlab chiqish va uning ijrosini nazorat qilish;
• biznes-reja ijrosini nazorat qilish va boshqaruv organlariga shaffof hisobot kiritib borish;
• Strategik va operatsion moliyaviy rejalarni, shu jumladan, uzoq va qisqa muddatli prognozlarni ishlab chiqish;
• Likvidlilikni boshqarish (likvidlilikni rejalashtirish va nazorat qilish);
• Investitsiya loyihalarini baholash va ustuvorlarini aniqlash amaliyotini joriy etish;
• MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etish va davr yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni MHXS asosida tayyorlashni amaliyotini joriy etish;
Nomzodlar 2024 yil 20 dekabrga qadar rezyume/anketalarini ushbu elektron pochta manzilga yuborishlari lozim: resume@ung.uz.
Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.
Ma’lumot uchun: "O‘zbekneftgaz" AJ tarkibiga kiruvchi boshqarma, zavod va korxonalarda faoliyat yurituvchi yuqoridagi talablarga mos keluvchi nomzodlar tomonidan kelib tushgan arizalar birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi.