April 26

Mutaxassislarning kasbiy o‘sishi – muvaffaqiyat omili

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan yosh mutaxassislar uchun neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalarida “Yoshlar kuni” tashkil etish an’anasi yo‘lga qo‘yilgan.

Undan ko‘zlangan maqsad, yosh mutaxassislarning kasbiy o‘sishi, ularga imkoniyatlar eshigini ochishdan iborat.

Bir guruh yoshlarning navbatdagi tanishuv safari Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga bo‘ldi.

Ma’lumot uchun qayd etish joizki, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi Jamiyat tarmog‘idagi asosiy korxonalardan biri hisoblanadi. Uning asosiy ish faoliyati neft, gaz va gaz kondensati qazib olish, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Boshqarmaning asosiy ishlab chiqarish ob’yektlari Qashqadaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarida joylashgan.

Dastlab yoshlar uchun boshqarma tarixi va bugungi kuni haqida batafsil ma’lumot beruvchi muzeyga ekskursiya tashkil etildi.

Ular xavfsizlik texnikasi yo‘riqnomasi bilan tanishtirilgach, 7 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha guruhlarga bo‘lingan holda mas’ullar boshchiligida “Somontepa” va “O‘rtabuloq” konlaridagi siquv komperessor stansiyalariga yo‘l olishdi. Stansiyalar faoliyati va bu yerda ishlovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar shuningdek, Qarshi shahridagi tarixiy obidalar “Abul-Muin Nasafiy”, “Xo‘ja Abdulloh ibn Muborak Al-Marvaziy” ziyoratgohlari, Kasbi tumanidagi “Sulton Mir Haydar” masjidiga ham sayyohat qilishdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook