July 22

“Dolzarb 30 kun” tadbirlari o‘tkazilmoqda

Ruscha

Xabaringiz bor, iyul oyida respublika miqyosida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” tadbirlariga start berilgan edi. Oylik doirasida Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi ob’yektlarida ham qator tadbirlar tashkil etildi.

Gazli gazni qayta ishlash zavodida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va shoshilinch ishlarni aniqlash hamda amalga oshirishni tekshirish maqsadida taktik-amaliy o‘quv mashg‘ulot ham tashkil etildi.

Unda ixtisoslashgan xizmat xodimlari va majmua ishchi-xizmatchilaridan iborat qutqaruvchilarga shartli ravishda yuzaga kelgan yong‘inni bartaraf etish vazifasi topshirildi.

Jalb qilinadigan kuch-vositalarni to‘g‘ri yo‘naltirish, jabrlanganlarni xavfsiz hududga olib chiqish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

"Gazli NGQCHB" Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook