Ilmiy-innovasion hamkorlik yangi bosqichda
Prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ mas’ullari Buxoro davlat texnika universitetida bo‘lishdi.
Mutaxassislar universitet huzuridagi ilg‘or muhandislik maktabida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 10 dan ortiq ilmiy-innovasion loyihalar taqdimoti bilan tanishishdi. Qayd etish joizki, ushbu loyihalarni “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibidagi ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda amaliyotga joriy etish ko‘zda tutilgan.
Universitet rektori hamda Jamiyat vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan o‘zaro muzokaralarda loyihalarning hozirgi holati, ularning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi hamda ilg‘or muhandislik maktabining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Ushbu tashrif sanoat va ilm-fan o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni mustahkamlash, istiqbolli innovasion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.