October 7

Davlat hujjatlari ijrosi bo‘yicha ustuvor vazifalar o‘z vaqtida bajarildi

“O‘zbekneftgaz” AJda davlat hujjatlari ijrosini belgilangan muddatda sifatli ta’minlash masalasi jamiyat faoliyatining eng ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

2025 yilning yanvar–sentyabr oylari holatiga ko‘ra, “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 313 ta hujjatida Jamiyatga tegishli 1 210 ta topshiriq belgilangan. Shundan 1 052 tasi (86,9 %) to‘liq bajarildi, 158 tasi (13,1 %) ijro jarayonida. Sentyabr oyida nazoratda bo‘lgan 16 ta topshiriqning barchasi esa o‘z vaqtida bajarildi.

Vazirlar Mahkamasi 275 ta hujjatida Jamiyatga tegishli 630 ta topshiriq bo‘lib, shundan bugungi kunda 595 tasi (94,4 %) bajarilgan, 35 tasi (5,6 %) ijro jarayonida. O‘tgan oyda nazoratda bo‘lgan 23 ta topshiriqning barchasi o‘z vaqtida ta’minlandi.

Hukumat komissiyasining 89 ta hujjatida Jamiyat masalalariga oid belgilangan 283 ta topshiriqdan 256 tasi (90,5 %) bajarilgan, 27 tasi (9,5 %) ijro jarayonida. Sentyabr oyida nazoratda bo‘lgan 9 ta topshiriq to‘liq bajarildi.

O‘tgan oyda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan videokonferensiya orqali o‘tkazilgan o‘quv-seminarda Jamiyat rahbariyati, mas’ul xodimlar hamda boshqarma va zavod ishchilari ham faol ishtirok etdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati