December 5

Davlat hujjatlari ijrosi bo‘yicha ustuvor vazifalar o‘z vaqtida bajarildi

“O‘zbekneftgaz” AJda davlat hujjatlari ijrosini belgilangan muddatda sifatli ta’minlash masalasi jamiyat faoliyatining eng ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

2025 yilning yanvar–noyabr oylari holatiga ko‘ra, “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 318 ta hujjatida Jamiyatga tegishli 1 224 ta topshiriq belgilangan. Shundan 1 126 tasi (92,0 %) to‘liq bajarildi, 98 tasi (8,0 %) ijro jarayonida. Noyabr oyida nazoratda bo‘lgan 11 ta topshiriqning barchasi esa o‘z vaqtida bajarildi.

Prezident Administratsiyasi rahbarining 12 ta hujjatida Jamiyat masalalariga oid 36 ta topshiriq boʻlib, shundan bugungi kunda 32 tasi (88,9%) bajarilgan, 4 tasi (11,1%) ijroda. Noyabr oyida nazoratda turgan jami 7 ta topshiriqning barchasini ijrosi taʼminlandi.

Vazirlar Mahkamasi 295 ta hujjatida Jamiyatga tegishli 722 ta topshiriq boʻlib, shundan bugungi kunda 652 tasi (90,3 %) bajarilgan, 70 tasi (9,7 %) ijro jarayonida. Oʻtgan oyda nazoratda boʻlgan 41 ta topshiriqning barchasi oʻz vaqtida taʻminlandi.

Hukumat komissiyasining 94 ta hujjatida Jamiyat masalalariga oid belgilangan 298 ta topshiriqdan 267 tasi (89,6 %) bajarilgan, 31 tasi (10,4 %) ijro jarayonida. Noyabr oyida nazoratda boʻlgan 17 ta topshiriq toʻliq bajarildi.

2025-yil 6 noyabr kuni Energetika vazirligi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimida davlatimiz rahbari, Prezident Administratsiyasi rahbari va Vazirlar Mahkamasining nazorat topshiriqlarining ijrosini samarali va toʻliq bajarish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar masalalariga bagʻishlangan oʻquv-seminar tashkil etildi.

Videokonferensaloqa shaklida oʻtkazilgan oʻquv-seminarda Jamiyat rahbariyati, masʻul xodimlar hamda boshqarma va zavod ishchilari ham faol ishtirok etdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati