October 18

Vakant lavozimlar uchun tanlov

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari departamentiga 1-toifali mutaxassis – FrontEnd dasturchi (ReactJS va Flutter Multi-Platform) lavozimga ochiq tanlov e’lon qiladi.

Mutaxassisga qo‘yiladigan kvalifikatsiya talablari quyidagilardan iborat:

• ma’lumoti: oliy;

• mutaxassisligi: “Dasturiy injiniring”, “Muhandislik va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish”, “Tizimli va amaliy dasturlash”, “Axborot tizimlarining dasturiy ta’minoti”, “Axborot tizimlari va texnologiyalari”, “Ma’lumotlarni qayta ishlash axborot tizimlari”, “Hisoblash mashinalari, tizimlari va tarmoqlari”, “Amaliy informatika”, “Algoritmlash va matematik modellashtirish” va boshqa sohaga oid yo‘nalishlar.

• tillarni bilishi: o‘zbek tili – og‘zaki va yozma nutq erkin, rus va ingliz tillarini bilishi ustunlik beradi;

• Quyidagi sertifikatlar bo‘lishi maqsadga muvofiq: FrontEnd dasturlash yo‘nalishida (React, Flutter) freymvorklari.

• kompyuter savodxonligi: Professional;

• ish tajribasi: FrontEnd dasturlashdagi tajriba, amalga oshirilgan ishlarini ko‘rsatuvchi source code va ekran lavhalarini github.com platformasiga joylab, ma’lumotnoma (ob’yektivka)ning so‘nggi sahifasida havola kiritilishi talab etiladi;

• Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish sohalarda ko‘proq ishlagan bo‘lishi kerak.

Maxsus ko‘nikmalar:

• “Clean code” kodlarni yozish qobiliyatiga ega bo‘lish va dasturlash tamoyillarini bilishi, mavjud kodlarni qayta ishlash va optimallashtirish bo‘yicha katta tajriba;

• REST API va Veb xizmatlari bilan bevosita ishlash, interfeysdan ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish;

• JavaScript, Dart tili asoslarini mukammal bilish, tizimlar arxitekturasini, (Flutter, ReactJS komponentlar tarkibi va tuzilishini ishlab chiqish;

• Flutter, ReactJS freymvorklarida veb ilova ishlab chiqishni loyihalashtirish va realizatsiya qili olish qobiliyatlari;

• Figma UX/UI va boshqa shu kabi dizayn platformalari bilan ishlash qo‘llab-quvvatlanadi.

• HTML5 i CSS3 bilan (SASS, adaptiv verstka va krossbrauzer rejimini joriy etish) dasturi interfeyslarini ishlab chiqish;

• texnik hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalari;

• kompaniyalarda ishlash tajribasi (startap) bazaviy algoritmlar, ma’lumotlar tuzilmalari, FrontEnd dasturlash bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishi;

• boshqa dasturchilar tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy kodlarni tushunish qobiliyati;

• Flutter, ReactJS freymvorklarida yordamida FrontEnd dasturiy qatlamni ishlab chiqish tajribasi;

• Relyasion ma’lumotlar bazalari bilan ishlash tajribasi (PostgreSQL yoki MSSQL, SQLite);

• Versiyani boshqarish tizimi bilan ishlash tajribasi (Git/SVN, GitHub);

• Muhandislik, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sohasida veb ilova dasturlari va tizimlarni ishlab chiqish tajribasiga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq;

• Texnik ingliz tilini bilishi;

Nomzodlar 2024 yil 28 oktyabrga qadar rezyume/anketalarini ushbu ushbu havolaga kirib anketa to‘ldirishlari lozim.

Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook