April 4

Buxoroda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boshlandi

Ruscha

Avval xabar berilganidek, bugun Buxoro viloyatida Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi.

Unda mamlakatimizdagi energetika, kimyo, qurilish materiallari va yengil sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi, turizm, shuningdek, boshqa tarmoqlarga ixtisoslashgan yirik korxonalar ishtirok etmoqda.

Ushbu yarmarkani o‘tkazishdan maqsad sanoat tashkilotlari va mahalliy korxonalar o‘rtasida tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mahsulotlarni mahalliylashtirish, import o‘rnini bosuvchilarini o‘zlashtirishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Yarmarkada "O‘zbekneftgaz" AJ korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan va o‘zlashtirishi rejalashtirilgan keng turdagi mahsulotlar ham namoyish etilmoqda. Ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan mahsulot va xizmatlarni xarid qilish, mahalliylashtirish bo‘yicha kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish yarmarkaning asosiy maqsadlaridan biri.

Ko‘rgazma doirasida o‘tkaziladigan uchrashuvlarda “Uzbekistan GTL” zavodi mahsulotlarini bozorga chiqarish va sotishda tarmoqlararo kooperatsiyani kengaytirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, ko‘rgazma 5 aprel kuni ham o‘z ishini davom ettiradi.

“Buxoro NQIZ” MCHJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook