October 28

“O‘zbekneftgaz” AJ tadbirkorlarni yarmarkaga taklif etadi

Ruscha

Joriy yilning 29-30 oktyabr kunlari Nukus olimpiya markazida hududiy sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbir mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda tarmoq korxonalari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga qaratilgan.

Yarmarka doirasida “O‘zbekneftgaz” AJning sanoat salohiyati, import nomenklaturasi, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha loyiha takliflari ham namoyish etiladi.

Unda 2025 yilda investisiya loyihalari hamda korxonalar ehtiyojlari uchun mahsulot va xizmatlarni kooperatsiya asosida ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan barcha tadbirkorlik sub’yektlarini yarmarkaga taklif etamiz!

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook