Qarshi shahrida sanoat yarmarkasi o‘tkaziladi
Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga muvofiq joriy yilning 22-23 noyabr kunlari Qarshi shahridagi Olimpiya zahiralari maktab-internatida hududiy sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur tadbir mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda tarmoq korxonalari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga qaratilgan.
Yarmarka doirasida “O‘zbekneftgaz” AJning sanoat salohiyati, import nomenklaturasi, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha loyiha takliflari namoyish etiladi.
Tadbir davomida 2025 yilda investitsiya loyihalari hamda korxonalar ehtiyojlari uchun mahsulot va xizmatlarni kooperatsiya asosida ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar va memorandumlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Barcha tadbirkorlik sub'ektlarini yarmarkaga taklif etamiz!