“Yong‘in xavfsizlik oyligi” faol tarzda o‘tkazilmoqda
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasining topshirig‘iga asosan, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi va uning xavfli ishlab chiqarish obyektlarida 15 noyabrdan 15 dekabrgacha “Yongin xavfsizligi oyligi” faol tarzda o‘tkazilmoqda.
Tadbir doirasida tashkil etilgan bir qator profilaktik uchrashuvlarda asosiy e'tibor kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilmoqda.
Ishchi-xodimlarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga e'tiborsiz va beparvo bo‘lish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlar misollar yordamida tushuntirilmoqda.
Shu bilan birga boshqarmaning barcha ob'ektlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inni oldini olishga qaratilgan maxsus taktik-o‘quv mashqlari “Avariyani bartaraf qilish rejasi”ga asosan o‘tkazildi.
Mutaxassislar tomonidan qutqaruv tuzilmalarining bilimi, shartli xabarlar bo‘yicha amalga oshirilgan amaliy harakatlari baholanib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.