May 1

Kadrlar tayyorlashda zamonaviy yondashuvlar

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ va tizim tashkilotlarining bir guruh xodimlari Gazprom korporativ instituti tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarida ishtirok etib qaytishdi.

O‘quv kursi “Korxona biznes jarayonlari reinjiniringi va tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish” dasturi doirasida o‘tkazildi.

Biznes jarayonlarni to‘g‘ri optimallashtirish yoki reinjiniring qilish barcha turdagi kompaniyalar uchun dolzarb muammolarni hal qilishga yordam beradi. Yechimini kutayotgan masalalarni hal etishda yangi yondashuvlarni izlab topish ilmiga ega mahoratli mutaxassislar kerak bo‘ladi.

Shu sabab ham kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishda bu kabi o‘quv kurslari ahamiyatlidir.

O‘quv kursi ishtirokchilariga zamonaviy neft va gaz kompaniyalarida tashkiliy tuzilmalarni takomillashtirish va biznes jarayonlarni reinjiniring qilish usullari amaliy mashg‘ulotlar asosida o‘rgatildi.

Samarali tashkiliy tuzilmalarni loyihalashning asosiy tamoyillari, mehnatni tartibga solishning innovasion usullari va texnologiyalar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ va “Gazprom” AJ o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida tashkil etilgan ushbu malaka oshirish kursi xodimlarning bilim darajasini oshirish, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook