Xodimlar o‘rtasida ochiq tanlovlar o‘tkaziladi
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan “Eng yaxshi innovasion g‘oya”, “Eng yaxshi rasionalizatorlik taklifi” va “Eng yaxshi texnologiyalar transferi” tanlovlari o‘tkazilmoqda.
Tanlovdan ko‘zlangan maqsad Jamiyat xodimlari o‘rtasida ijodiy tashabbus va ishbilarmonlikni oshirish, innovasion startap loyihalar, texnologiyalar transferi, rasionalizatorlik takliflarini rivojlantirish, faoliyatga doir muammolarni yechimiga yoshlarni keng jalb qilish va yangicha uslublar qo‘llashni rag‘batlantirish orqali mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan.
Unda Jamiyat tarkibiga kiruvchi barcha korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan (40 yoshgacha) individual yoki jamoa bo‘lib (4 kishidan oshmagan) xodimlar ishtirok etishlari mumkin.
Ishtirok etuvchilar arizalarini 2025 yilning 31 martiga qadar ushbu talabnoma shaklini to‘ldirgan holda quyidagi manzilga yuborishlari mumkin:
• 100047, Toshkent shahri, Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘chasi 2-uyda joylashgan “O`ZLITINEFTGAZ”AJ bosh ofisiga (tel.: 71 280-67-05);
Tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar bir martalik mukofot puli bilan rag‘batlantiriladi.