June 30, 2025

Malayziyaning Petronas texnologiya universiteti (UTP)da bakalavriatda ta’lim olish uchun arizalarni qabul qilish muddati uzaytirildi!

“O‘zbekneftgaz” AJ va Malayziyaning Petronas texnologiya universiteti (UTP) o‘rtasida imzolangan Kelishuv doirasida neft-gaz sohasiga yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash dasturini amalga oshirish uchun stipendiya tanlovi e’lon qilingan edi.

Ushbu dastur “O‘zbekneftgaz” AJ mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi va har yili iqtidorli talabalar tanlab olinib, ular UTPda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitish uchun yo‘naltiradi:

Bakalavriatura: Talabalar soni: jami 10 nafar, shundan:

Neft-gaz muhandisligi (Petroleum Engineering) - 6 kishi;
Neft-gaz geologiyasi (Petroleum Geoscience) - 4 kishi

O‘qitish muddati: 5 yil.

Shundan, 1 yili - talabalar uchun majburiy bo‘lgan Foundation dasturi bosqichini o‘tkazib, bevosita o‘qishni boshlaydilar.
Nomzodlar quyidagi mezonlarga javob berishi lozim:

1. Ingliz tilini bilish darajasi - IELTS sertifikati 6,5 balldan past bo‘lmasligi;
2. SAT - 1200 ball;
3. Akademik natijalar - o‘quvchilar o‘qish davomida eng yaxshi natijalarga ega bo‘lishi.

Nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish muddati 2025 yil 2 iyulga qadar uzaytirildi. Hujjatlar hrd@ung.uz elektron manzil orqali qabul qilinadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati