January 16

2024 yil uchun konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tayyorlash bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" tasdiqlandi

Ruscha


“O‘zbekneftgaz“ AJning 2024 yil yakuni bo‘yicha Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tayyorlash va uni auditdan samarali o‘tkazishning muddati 2025 yilning aprel oyida o‘tkazilishiga kelishildi va "Yo‘l xaritasi" tasdiqlandi.

14 yanvar kuni mazkur hisobotni o‘z vaqtida “tezkor yopish” usulida tuzish va uni auditdan samarali o‘tkazishni tashkil etish maqsadida mas’ullar ishtirokida amaliy seminar o‘tkazildi.

Unda Boshqaruv raisining iqtisod va moliya bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan ushbu hisobotni ahamiyati va zaruriyati, buning uchun amalga oshiriladigan tadbirlar, uni “tezkor yopish” usulida tayyorlash borasida atroflicha ma’lumot berildi. Jumladan, joriy yil aprel oyida KPMG Audit auditorlik kompaniyasidan ijobiy xulosa olish to‘g‘risida ham so‘z bordi. Buning uchun "O‘zbekneftgaz” AJning shoʻba korxonalariga quyidagi vazifalar qo‘yildi:

• 2025 yil 31 yanvargacha “1S Buxgalteriya” dasturidagi barcha buxgalteriya hisoblarini to‘liq yopish va 2024 yil yakuni bo‘yicha BHMS asosida moliyaviy hisobotlar hamda har bir ma’lumotnomalarni “O‘zbekneftgaz”AJga taqdim etish;

• 2025 yil 15 fevralgacha MHXS asosida 2024 yil yakuni buyicha moliyaviy hisobot ma’lumotlari to‘plami (RePack)ni “O‘zbekneftgaz”AJga taqdim etish;

• “KPMG Audit” auditorlik kompaniyasiga 2024 yil yakunlari bo‘yicha so‘ralgan barcha birlamchi hujjatlar nusxasi, xatlar, so‘rovnamalar va materiallarni belgilangan muddatlarda taqdim etish;

• 2025 yil 20 yanvarga qadar barcha ichki xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni hujjatlashtirishni tugatish va o‘zaro solishtirma dalolatnomalarni tuzish;

• “KPMG Audit” auditorlik kompaniyasi auditorlariga qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda jamiyatlar hududiga kirib-chiqishga ruxsatnomalarni tayyorlash va auditorlarga kerakli ish sharoitini yaratish.

Bundan tashqari moliyaviy hisobotda natijalar hisobga olinadigan “O‘zbekneftgaz”AJ qo‘shma va qaram jamiyatlariga quyidagi vazifalar berildi:

• 2024 yil yakuni bo‘yicha MHXS (IFRS) asosida moliyaviy hisobotlarni 2025 yil 15 fevralgacha tuzish va ijobiy auditorlik xulosasini “O‘zbekneftgaz”AJga taqdim etish;

• “Uztransgaz” AJ, “Azia Trans Gas” MCHJ QK, “Uz-KorGasChemical” MCHJ QK va “Natural Gas Stream” MCHJ QK jamiyatlariga 2024 yil yakuni bo‘yicha MHXS asosida tuzilgan moliyaviy hisobotning auditori tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ auditori bo‘lgan “KPMG Audit” auditorlik kompaniyasiga 2025 yil 15 fevralgacha tegishli audit materiallarini taqdim etilishi bo‘yicha chora-tadbirlarini ko‘rish.

Amaliy seminar yakunida bu jarayon uchun barcha zarur bo‘ladigan chora-tadbirlarni tashkil qilish to‘g‘risida muhokamalar o‘tkazildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook