Gazli boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi
9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kun munosabati bilan “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni”da komplayens va moliyaviy nazorat masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va “O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyatining topshiriqlari doirasida korrupsion xatarlarni oldini olish va bartaraf etish, faoliyatning ochiqligini ta'minlash kabi masalalarga e'tibor qaratildi.
Moliyaviy va komplayens nazorat departamentining 2024 yildagi vazifalarini amalga oshirish maqsadida 9 oylik hisobotda 63 ta kompleks o‘rganish o‘tkazilgani, moliyaviy xato-kamchiliklar oldi olinishiga erishilgani qayd etildi. Ushbu davrda 20 ta o‘rganish hujjati huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Aniqlangan xato-kamchiliklar yuzasidan 53 nafar xodimga intizomiy jazo choralari ko‘rilgan, 18 nafar xodim bilan mehnat shartnomalari bekor qilingan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens sohasida tashkil etilgan 170 dan ortiq seminar-treningda 14 ming nafarga yaqin xodim qamrab olingan.
Tadbirda korruptsiyaga qarshi kurashish samaradorligi baholanib, “O‘zbekneftgaz” AJ 90 ball bilan yuqori natijaga erishgani, “Ochiqlik indeksi” ko‘rsatkichi bo‘yicha ham o‘sish kuzatilgani ta'kidlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda shaffoflik va ochiqlikni ta'minlash, xato-kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf qilish yuzasidan amaliy ishlar davom etmoqda.
Ushbu "Ochiq eshiklar kuni" tadbirlari barcha tizim korxonalarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.