Ishlab chiqarishda ilm-fan imkoniyatlari kengaymoqda
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va Buxoro davlat texnika universiteti vakillaridan iborat ishchi guruh o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, innovasion loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Unda ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga integratsiya qilish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, energiya samaradorligini oshirish va qoldiq mahsulotlarini qayta ishlash kabi yo‘nalishlar asosiy e’tibor markazida bo‘ldi.
Uchrashuv davomida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi mazutidan yangi mahsulotlar olish, GTL texnologiyalari va issiqlik almashinuv qurilmalaridagi cho‘kindilarni samarali tozalash bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlarga kelishib olindi.
Universitet mutaxassislari zavodda bo‘lib, texnologik uskunalar va jarayonlar bilan yaqindan tanishishdi, ishlanmalardan namunalar olinib, laboratoriya tadqiqotlariga kirishildi.