October 10

“Uzbekistan GTL” milliy standartlarni qabul qilish borasida ilk qadamlarni qo‘ydi 

Ruscha

Ma’lumki, "Standartlashtirish to‘g‘risida"gi Qonun bilan mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun milliy standartlar yaratish belgilab qo‘yilgan. Mazkur qonun milliy iqtisodiyotni yanada mustahkamlash, mahsulotlar sifatini yuqori darajaga ko‘tarish va ichki hamda tashqi bozorda raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan.

Ushbu qonun ijrosini ta’minlash maqsadida “Uzbekistan GTL” MCHJ milliy standartlarni qabul qilish borasida birinchilardan bo‘lib ikki muhim standartni milliylashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Jumladan, “O‘zMSt 263:2024 Sintetik nafta. Texnik shartlar” va “O‘zMSt 264:2024 Texnik sintetik kerosin. Texnik shartlar” — O‘zbekiston Respublikasining milliy standartlar ro‘yxatiga kiritildi.

Sintetik nafta va texnik sintetik kerosin energiya va kimyo sanoatida juda muhim bo‘lib, ular yuqori sifatli sintetik yoqilg‘ilar olish uchun asosiy xomashyo hisoblanadi. Bu standartlarni qabul qilish nafaqat ichki bozorda sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kafolatlaydi, balki tashqi bozorlarda ham O‘zbekistonning raqobatbardoshligini oshiradi.

Mazkur standartlarning qabul qilinishi milliy sanoat va ishlab chiqarish sohasini xalqaro me’yorlarga muvofiq rivojlantirishga, mahsulotlar sifatini ta’minlashga va eksport salohiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

“Uzbekistan GTL” milliy standartlarni qabul qilish borasida birinchi qadamlarni qo‘yib, sanoatda sifat va samaradorlikni oshirish yo‘lida muhim vazifani bajardi. Bu sa’y-harakatlar mamlakatning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga o‘z hissasini qo‘shadi.

“Uzbekistan GTL” MCHJ PR-xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook