August 28

Bir guruh faol xodimlar taqdirlandi

Ruscha

Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi hamda neft va gaz sanoati xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan “O‘zbekneftgaz” AJ Markaziy apparati va tizim korxonalarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar “Faxriy yorliq” va pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi. Shuningdek, 5 nafar xodim Energetika vazirligining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi.

Mukofotlanganlarning har biri mamlakatimiz neft va gaz sanoati tarmog‘ining yuksalishi yo‘lida ko‘p yillar samarali xizmat qilgan, ayrimlari esa qisqa muddat ichida yaxshi natijalarni ko‘rsatgan yoshlarni tashkil etadi.

Ular Mustaqillik bayrami, qolaversa har yili sentyabr oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadigan neft va gaz sanoati xodimlarining kasb bayrami arafasida ko‘rsatilgan bunday e’tirofdan mamnun ekanligini bildirishdi.

Jamiyat rahbariyati tomonidan mukofotlangan xodimlarga mashaqqatli mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirildi hamda kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati