Energiya tejamkorlik — bolalar ijodida!
“O‘zbekneftgaz” AJ hamda unga qarashli korxonalar xodimlarining 6 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan farzandlari o‘rtasida “Energiya tejamkorlik Yangi O‘zbekiston bolalarining nigohida” mavzusida ijodiy tanlov o‘tkazildi.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh avlod orasida energiyani tejash, “yashil” iqtisodiyot, ekologik madaniyat va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga qiziqish uyg‘otish, shu orqali ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Tanlovga jami 50 dan ortiq ish — rasmlar, kostyumlar va maketlar taqdim etildi. Ular “Quvvat” multseriali mavzusi va energiya tejamkorlik g‘oyasini o‘zida aks ettirdi.
Gʻoliblar quyidagi yo‘nalishlarda aniqlandi:
🎨 6–9 yosh: “Energiyani tejash – mening nigohimda” rasm tanlovi g‘olibi.
👗 10–12 yosh: “Dunyo energiyasi sening qo‘llaringda” kostyumlar tanlovi g‘olibi.
🏗 13–16 yosh: “Aqlli energiya bilan kelajak” maketlar tanlovi g‘olibi.
Gʻoliblar “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” 27-Xalqaro ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida diplom va mavzug‘a mos esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Tanlovda qatnashgan barcha ijodiy ishlar ko‘rgazma ekspozisiyasida namoyish etilmoqda.