January 24

Xitoyning yirik neft va gaz kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Ruscha

Ma’lumki, 23-25 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi.

Davlat rahbarining tashrifi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ delegatsiyasi ham yirik kompaniyalar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Xususan, Xitoy energetika sanoatining giganti - "CNPC” milliy neft-gaz kompaniyasiga tegishli bo‘lgan "CNODС” kompaniyasi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda kon va konlarni rivojlantirish loyihalari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama uchrashuvda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning bugungi holati, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Qayd etish joizki, "CNODС” kompaniyasining “Yangi ipak yo‘li” qo‘shma korxonasi O‘zbekistonda 2015 yildan buyon o‘z faoliyatini olib bormoqda. Qo‘shma korxona “O‘zbekneftgaz” AJning "Dengizko‘l", "Xo‘jasoyat", "Xo‘jadavlat" va "Sharqiy Olot" gaz kondensati konlarini o‘zlashtirish loyihasida ishtirok etmoqda. Natijada 2020 yilda loyiha muvaffaqiyatli ishga tushirildi.

Uchrashuv yakunida istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, Xitoy tomoni chuqur quduqlarni burg‘ilash bo‘yicha tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook