August 27

Vakant lavozim uchun tanlov

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ Xavfli yuk (tabiiy gaz)larni tashuvchi maxsus avtotransport haydovchisi lavozimi uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

Nomzodga qo‘yiladigan kvalifikatsiya talablari quyidagilardan iborat:

• yoshi 25 yoshdan kam bo‘lmasligi;
• haydovchilik guvohnomasida “SE” yoki “Ye” toifa kategoriyasi mavjud bo‘lishi;
• ish tajribasi: oxirgi 5 yilda kamida 3 yil uzluksiz xavfli yuk tashish bo‘yicha haydovchi sifatida ish faoliyatini olib borgan bo‘lishi (Davlat tashkilotiga tegishli avtotransport vositasini boshqarganligi yoki shaxsiy avtotransport vositasini boshqarganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat bo‘lishi);
• kamida 1 yil xavfli yuklarni (ADR) tashish yuzasidan haydovchi sifatida ish faoliyatini yuritgan bo‘lishi (Davlat tashkilotiga tegishli avtotransport vositasini boshqarganligi yoki shaxsiy avtotransport vositasini boshqarganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat bo‘lishi);
• oxirgi 3 yil davomida haydovchining aybi bilan YTH (DTP) sodir etilmaganligi,
• haydovchilarni ishga qabul qilishdan oldin, davlat talablari va standartlariga javob beradigan tibbiy ko‘rikdan o‘tishi zarur.

Nomzodga qo‘yiladigan funksional majburiyatlar:

• yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishi;
• alkogolli ichimliklar yoki giyohvandlik vositalar ta’sirida, mast holatda avtotransport vositasini boshqarmaganligi;
• mastlik holati bo‘yicha tekshiruvdan bo‘yin tovlamaganligi;
• YTH sodir etilgan joyni tark etmaganligi;
• noqonuniy harakatlarni sodir etish uchun tijorat avtotransport vositasidan foydalanmaganligi;
• avtotransport vositalarini ehtiyotkor va oqibatlarini o‘ylab boshqarishi (ehtiyotsizlik natijasida o‘lim bilan tugashi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisa yuzaga kelishi mumkin);
• giyohvand va noqonuniy moddalarni tashish va tarqatish bilan bog‘liq jinoiy faoliyatini amalga oshirish uchun tijorat avtotransport vositasidan foydalanmaganligi;
• qonunchilikda belgilangan tezlikdan 30 km/soat yoki undan ortiq tezlikdan harakatlanmasligi;
• qonun doirasida harakatlanish yo‘lagini o‘zgartirishi va quvib o‘tish qoidalariga rioya qilishi;
• avtotransport vositalari bilan oraliq masofani saqlab harakatlanishi;
• haydovchining avtotransport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish haqida sud tomonidan qabul qilingan qarorga qaramasdan, avtotransport vositasini takroran boshqarib, qoidabuzarlik sodir etmagan bo‘lishi lozim;
• Jamiyatning tijorat siri bo‘lgan ma’lumotlarning xavfsizligi va maxfiyligiga rioya kilish;
• o‘z malakasini oshirish bo‘yicha doimiy ish bajarish.

Ma’lumot uchun: Murabbiy haydovchilarning asosiy ish joyi (avtosaroyi) Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan.

Nomzodlar 2025 yil 10 sentyabrga qadar rezyume/anketalarini ushbu havolaga kirib anketa to‘ldirishlari lozim.

Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.

Ma’lumot uchun: "O‘zbekneftgaz" AJ va uning tarkibiga kiruvchi boshqarma, zavod va korxonalarda faoliyat yurituvchi yuqoridagi talablarga mos keluvchi nomzodlar tomonidan kelib tushgan arizalar birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi.

"O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati