August 20, 2024
“Air Products & Chemicals” va “O‘zbekneftgaz” AJ: barqaror rivojlanish sari birgalikda
“Air Products & Chemicals” va “O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati o‘rtasida hamkorlikning joriy va kelgusidagi yo‘nalishlarini samarali muhokama qilish imkonini beruvchi navbatdagi uchrashuv bo‘ldi.
Unda Qashqadaryo viloyatida joylashgan “GTL” zavodining sanoat qurilmalarini ishlatish bo‘yicha operatsion faoliyat doirasida ikki kompaniya o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy jihatlari ta’kidlandi.
Mamlakatimizda dekarbonizatsiya va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur uchrashuv O‘zbekiston neft-gaz sektorida innovatsion va barqaror yechimlarni joriy etishga qaratilgan tomonlar o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamladi.
August 20, 2024, 05:05
0 views