April 15

Yoshlarga e’tibor – kelajakka poydevor

Ruscha

Davlat rahbarining yoshlarga alohida e’tibor va g‘amxo‘rligi tufayli yoshlar siyosatida mutlaqo yangi tizim yaratilib, mamlakat miqyosida mahalla darajasiga tushirildi.

Yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlash yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, “Yoshlar balansi” asosida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlariga yoshlar bilan individual ishlash vazifasi topshirilgan.

“O‘zbekneftgaz” AJda tashkilot rahbari bilan Jamiyatga biriktirilgan Toshkent tumanida yashovchi yoshlar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad yoshlar muammosini aniqlash, hal qilish choralarini ko‘rish va salohiyatlarini yuzaga chiqarish, hayotda o‘z o‘rinlarini topishlarida ko‘maklashishdan iborat.

Uchrashuv chog‘ida yoshlarning oilaviy, ijtimoiy holati, muammolari, qiziqishlari, orzulari va imkoniyatlari o‘rganildi.

Endi mas’ul tashkilotlar bilan kelishgan holda ushbu yoshlarga ko‘maklashish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifa va tadbirlardan iborat “yo‘l xarita”si ishlab chiqiladi. Vazifalarning ijrosi kelgusida muntazam ravishda tashkil etiladigan uchrashuvlarda nazorat qilib boriladi.

Uchrashuv yakunida yoshlarga Jamiyat faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook