October 16

Ob’yektlarda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik mashg‘ulotlari 

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi ob’yektlarda xodimlarni favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda harakat qilishga tayyorlash ishlari davom etmoqda.

“Uzbekistan GTL” MCHJda o‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashqlarida ham favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda boshqaruv organlari va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining quyi tizimi xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlari namoyish etildi.

Tadbirda, yer qimirlashi oqibatida ma’muriy va ishlab chiqarish inshootlaridan ishchi-xodimlarni xavfsiz hududga ko‘chirish, qidiruv-qutqaruv ishlari, jabrlanganlarni qutqarish va yordam ko‘rsatish kabi jarayonlar amalga oshirildi.

Shuningdek, talofat yetgan ishlab chiqarish ob’yektlarida kuchli ta’sir etuvchi zararli moddalarning to‘kilishi natijasida sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rildi.

130 nafar shaxsiy tarkib va maxsus texnika yordamida amalga oshirilgan mashqlar yakunida “Uzbekistan GTL” MCHJ tuzilmalari favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga “TAYYOR” deb baholandi.

Fuqaro muhofazasi tuzilmalari bilan ushbu o‘quv mashg‘ulotlari kelgusida favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook