“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!”
“O‘zbekneftgaz” AJ tizimi tashkilotlarida ishchi-xodimlarning samarali dam olishlariga imkoniyat yaratish maqsadida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilishi davom etmoqda.
Jumladan, shu kunlarda Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan boshqarmaning bir guruh xodimlari uchun Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi.
Shuningdek, Shahrisabz shahridagi “Beruniy” bolalar oromgohida dam olish va salomatliklarini tiklash tashkil etildi. Mehnatkashlar oromgoh tabiat qo‘ynida sog‘lom dam olish barobarida shaharning boy tarixi va me’moriy yodgorliklari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Jamiyatning Vodiy neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi xodimlaridan bir guruhi Buxoro viloyatiga, “Taxiatash neft bazasi” MCHJ xodimlari uchun Xiva shahridagi tarixiy qadamjolarga sayohat uyushtirildi.
Ishtirokchilar tarixiy va madaniy ob’yektlar bilan tanishib, ko‘tarinki ruhda, unutilmas taassurotlar bilan qaytdilar.