July 26

Doyaxotin uchastkasida 2500 kv km hajmda ZD seysmik-qidiruv ishlari olib boriladi

““O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati yurtimizda neft va gaz qazib chiqarish sohasini rivojlantirish, konlarni qidirishning ilg‘or texnologiyalarini umumlashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirmoqda.

Mamlakatning energetik mustaqilligini ta’minlash maqsadida davlatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq katta ishlab chiqarish va texnologik salohiyatga ega ishonchli korxonalarni hamkorlikga jalb etmoqda. Jumladan, Tatarstonning “TNG-Grupp” kompaniyasi bilan hamkorlikda Gazli regionining Doyaxotin uchastkasida 2500 kv km hajmda ZD seysmik-qidiruv ishlarini bajarish rejalashtirilgan.

Loyihani amalga oshirish uchun 20 ming kanalli yangi uskuna, 10 ta “Nomad” maxsus tebranish og‘ir texnika, 33 ta avtotransport vositasi hamda barcha sharoitlarga ega 28 ta turar joy vagoni shay holatda.

Hozirda jalb qilingan ishchi xodimlar barcha texnik anjomlar bilan to‘liq jihozlangan hamda tegishli yo‘riqnomalar asosida qayta tayyorgarlikdan o‘tkazilgan.

Ilg‘or va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, masalalar yechimiga kompleks yondashuv va yuqori malakali yetuk mutaxassislar ishtirokida loyihaning asosiy qismini joriy yilning oxirigacha yakunlash mo‘ljallanmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook