March 10, 2023

“O‘zbekneftgaz”: “G‘arbiy Quyi Surgil” konidan “Arslon” gazni kompleks tayyorlash qurilmasigacha 9,1 km bo‘lgan tabiiy gaz quvuri qurilmoqda

Ruscha

"O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi konlardan tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirish va transportirovka qilish tizimini yaxshilash maqsadida sohada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yilgi qurilishlar manzilli Dasturiga Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “G‘arbiy Quyi Surgil” konidan “Arslon” gazni kompleks tayyorlash qurilmasigacha bo‘lgan tabiiy gaz quvurini qurish ishlari ham kiritilgan. Dastur doirasida kon va qurilma o‘rtasida diametri 426 mm, uzunligi 9,1 km bo‘lgan kollektor quvurini montaj qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda "G‘arbiy Quyi Surgil" konidagi 5 ta quduqni ulashga mo‘ljallangan yangi gaz yig‘ish punkti qurilish montaj va suv bilan sinash ishlari bajarildi.

Tabiiy gaz quvurining qurilish montaj ishlari pudratchi korxona - "Neftgazmontaj" MChJ tomonidan qisqa fursatlarda amalga oshirildi.

Quvurning ishga tushirilishi natijasida "G‘arbiy Quyi Surgil" konidan qazib olinayotgan tabiiy gazni "Arslon" gazni kompleks tayyorlash qurilmasiga qayta ishlash uchun yo‘naltirish imkoni yaratiladi.

Shuningdek, quduqlardan qazib olinayotgan gaz yig‘ish punkti orqali umumlashtirilib, qayta ishlash uchun yetkazib berilishi hisobidan kuniga qo‘shimcha 50 ming kub metr tabiiy gaz qazib chiqarishga erishiladi va Respublika ehtiyoji uchun yetkazib beriladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|facebook|instagram|telegram|