Aksiyadorlar diqqatiga!
“O‘zbekneftgaz” AJ va unga qo‘shilgan jamiyatlar (sobiq “O‘zburg‘uneftgaz” AJ, “O‘zneftgazqazibchiqarish” AJ, “O‘zneftmahsulot” AJ, “O‘zneftgazmash” AJ, “Andijonneft” AJ, “Jarqurg‘onneft” AJ)ning aksiyadorlariga 2018–2022 yillar yakunlari bo‘yicha hisoblangan, biroq talab qilib olinmagan dividend mablag‘larini to‘lab berish ishlari davom etmoqda.
Olinmagan dividendlar jamiyat aksiyadorlarining reyestrida aksiyadorlarning bank rekvizitlari mavjud bo‘lmaganligi sababli yuzaga kelgan.
Aksiyadorlardan (ularning vorislari yoxud merosxo‘rlari) dividendlarni “O‘zbekneftgaz” AJning Korporativ munosabatlar departamentiga murojaat qilish orqali o‘z vaqtida olishlari so‘raladi. Murojaatga aksiyadorning bank rekvizitlari (plastik kartaning raqami, amal qilish muddati va tranzit hisob raqami, bank STIR raqami va kodi) va pasport nusxasi ilova qilinishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 51-moddasiga muvofiq, “O‘zbekneftgaz” AJ uch yil ichida olinmagan dividendni jamiyat ixtiyorida qoldirish masalasini aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun kiritish huquqiga ega.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun “O‘zbekneftgaz” AJ Korporativ munosabatlar departamentiga murojaat qilish mumkin.
Manzil: 100125, Toshkent shahri, Do‘rmon yo‘li 2-berk ko‘cha, 143-uy;
Telefon: (+998 71) 231-13-96; (+998 71) 207-27-72 (ichki raqam: 2064, 2067);
Elektron pochta manzili: kans@ung.uz.