May 12, 2023

“O‘zbekneftgaz”: Joriy yilning I-choragida 2176,46 tonna sanoat chiqindisi ikkilamchi foydalanish maqsadida sotildi

Ruscha

Dunyo bo‘ylab atrof-muhit muhofazasiga e’tibor kuchayib borayotganligi sababli sanoat chiqindilarining utilizatsiyasi tobora dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Ushbu muammoni hal qilishning samarali usullaridan biri – bu chiqindilardan xo‘jalik sohalari uchun zarur bo‘lgan turli mahsulotlarni qayta ishlashda xom ashyo sifatida foydalanishdir.

"O‘zbekneftgaz" AJ tasarrufidagi ishlab chiqarishdan hosil bo‘lgan sanoat chiqindilarining salbiy ta’sirini kamaytirish, shuningdek, 2023 yil birinchi chorak davri uchun kompensatsiya to‘lovlarini kamaytirish maqsadida neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari hamda qayta ishlash korxonalari tomonidan 2970,52 million so‘mlik jami 2176,46 tonna sanoat chiqindilarini sotishga erishildi.

Xususan,

• Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi tomonidan jami 103,31 tonna sanoat chiqindisi,
• Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan jami 87,5 tonna sanoat chiqindisi,
• Muborak gazni qayta ishlash zavodi tomonidan jami 257,4 tonna sanoat chiqindisi,
• “Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ QK tomonidan jami 308,1 tonna sanoat chiqindisi ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida foydalanish uchun topshirildi.

Buning natijasida chiqindilarning atrof-muhitga salbiy ta’sirining oldini olish bilan bir qatorda ularni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari kamaytirildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|instagram|telegram|