Vakant lavozimlar uchun tanlov
“O‘zbekneftgaz” AJ Kapital qurilish va loyihalashtirish departamenti Qurilish hamda ta’mirlashning sifat nazorati va texnik kuzatish bo‘limi katta tahlilchisi lavozimiga ochiq tanlov e’lon qiladi.
Mutaxassisga qo‘yiladigan talablar:
• Ma’lumoti: oliy;
• Mutaxassisligi: qurilish, arxitektura, texnik oliygohlar bitiruvchisi;
• Tillarni bilish darajasi: davlat tili - mukammal, rus tili – yaxshi (Ingliz tilini bilish afzallik beradi);
• Kompyuter savodxonligi: ishonchli kompyuter foydalanuvchisi (MS office);
• Ish tajribasi: qurilish sohasida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Mutaxassisga qo‘yiladigan funksional majburiyatlar:
• Qurilish texnologiyasi va ish sifatiga rioya etilishi, texnologik quvurlar va uskunalarni montaj qilishda sifat nazorati bo‘yicha ko‘rsatilgan nuqson va kamchiliklarning berilgan muddatlarda sifatli bartaraf etilishi bo‘yicha nazorat qilish;
• Buyurtma qilingan materiallarning miqdori va turlari bo‘yicha mosligini tekshirish;
• Bosh pudratchi tomonidan sanoat xavfsizligi, mehnat va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida talablarga rioya etilishini nazorat qilish;
• Bajarilayotgan ish hajmlarining hisoblanishi loyiha hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilish;
• Muzokaralarda ishtirok etish, tuzilgan shartnomaviy majburiyatlar bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Nomzodlar 2025 yil 10 martga qadar rezyume/anketalarini ushbu havola orqali to‘ldirishlari lozim.
Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.