September 24

Gazni tozalash qurilmalari modernizatsiya qilindi

Ruscha

2024/2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan ham qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Boshqarmadagi barcha muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik qurilmalarning barqaror ishlashini ta’minlash, uglevodorodlar qazib chiqarish va qayta ishlash jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida bir qator rejali ta’mirlash ishlari bajarildi:

• 4 ta texnologik qurilmada mukammal va joriy ta’mir ishlari o‘tkazildi.
• 2 ta bug‘ qozoni, 2 ta kondensat yig‘ish sig‘imi, 750 metr suv tarmog‘i joriy ta’mirlandi.
• 12 ta dizel elektr stansiyasi va 7 ta zahirani avtomatik ulash qurilmasi tekshirildi.

Shuningdek, 13 ta gaz haydash agregatlarida reglament ishlari olib borildi. Propan-butan aralashmasini ajratish qurilmasida ham 4 ta uskuna ta’mirlandi. Gazni amin yordamida tozalash qurilmasining 1-navbati modernizatsiya qilindi, 2-navbatda ta’mirlash ishlari bajarildi. Syeolit yordamida gazni oltingugurtdan tozalash qurilmalarida ham rejali ta’mir ishlari amalga oshirildi.

Uglevodorodli gaz kondensatini tozalash va quritish bo‘yicha 1-4 navbatlarda ta’mir ishlari olib borildi.

Ishlarni muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur moddiy-texnik resurslar va ehtiyot qismlar to‘liq ta’minlangan. Barcha qurilmalarning uzluksiz ishlashi va belgilangan rejalarni amalga oshirish uchun muntazam nazorat va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook