Neft-gaz sohasida ESG amaliyoti taqdim etildi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ko‘magi va tashabbusi bilan “Sanoat va ilm-fan: innovatsiyalarni rag‘batlantirish, texnologiyalar transferi va barqaror iqtisodiy o‘sish yo‘lida institutsional hamkorlik” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda “O‘zbekneftgaz” AJ mutaxassislari tomonidan “Neft va gaz sanoati korxonalarida korporativ boshqaruvni rivojlantirish va ESG tamoyillarini joriy etish tajribasi” mavzusida ma’ruza qilindi.
Taqdimot davomida jamiyatda ESG talablari va samarali korporativ boshqaruvni joriy etish bo‘yicha amaliy yondashuvlar, qabul qilingan strategik choralar va erishilayotgan natijalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Xodimlarning mazkur anjumandagi ishtiroki ilm-fan va sanoat o‘rtasidagi hamkorlik nafaqat innovatsion rivojlanish, balki tarmoqda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor namoyish etdi.