September 15, 2023

Atmosferaga chiqayotgan bug‘dan ikkilamchi energiya sifatida foydalanilmoqda

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ ishlab chiqarish korxonalaridagi texnologik jarayonlarni takomillashtirish orqali ish unumdorligini oshirishda mutaxassislarning ratsionalizatorlik takliflariga tayanishni muhim hisoblaydi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJning bir guruh mutaxassislarining navbatdagi ratsionalizatorlik taklifi ham muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Majmua mutaxassislari ikkilamchi energiya resurslaridan samarali foydalanishning yangi usulini o‘ylab topishdi. Unga ko‘ra, "Bug‘-gaz-havo ta’minoti" sexining Reduksion sovitish qurilmasidan atmosferaga chiqayotgan ortiqcha past bosimli bug‘ qayta ishlanib energiya resurslari tejab qolinadi.

Ayni paytda ushbu taklif asosida ishchi loyiha tasdiqlandi va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatmagan holda bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Loyiha asosida majmua ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda qo‘shimcha issiqlik almashinish apparatini o‘rnatish bo‘yicha qurilish va montaj ishlari yakunlandi. Hosil bo‘lgan bug‘ kondensatini tizimga qaytarish uchun 25 kub metr hajmli idish, nasoslar va kerakli nazorat o‘lchov asboblari o‘rnatildi.

Loyihaning amalga oshirilishi natijasida atmosferaga ko‘p miqdorda issiqlik chiqishining oldi olinadi va oyiga o‘rtacha hisobda 2338,58 tonna deminerallangan suv resurslari tejalishiga erishiladi.

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube