Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik rivojlantirilmoqda
“O‘zbekneftgaz” AJ mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish maqsadida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan “Enter Steel” MChJ ishlab chiqarish bazasini o‘rgandi.
Metall konstruktsiyalar tayyorlashga ixtisoslashgan mazkur korxona Yevropa va AQShning eng yaxshi ishlab chiqaruvchilarining zamonaviy uskunalari bilan jihozlangan. Hozirda ASME xalqaro sertifikatiga ega mamlakatimizdagi yagona, Markaziy Osiyodagi ikkinchi zavod hisoblanadi.
Tashrif davomida mutaxassislar zavodning metall konstruktsiyalar, yuk ko‘tarish kranlari, sig‘imlar, yuqori bosimda ishlovchi qurilmalar va quyosh panellari ishlab chiqarish va nasos, kompressor quvurlarini ta'mirlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari bilan tanishdilar.
Olib borilgan muloqot yakunida “O‘zbekneftgaz” AJ tizim korxonalari ehtiyojlari uchun import o‘rnini bosuvchi metall konstruktsiyalar, yuk ko‘tarish qurilmalari, nasos va kompressor quvurlarini tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.