Yosh kadrlar xalqaro intellektual o‘yinda ishtirok etishdi
“O‘zbekneftgaz” AJ yosh mutaxassislari I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetida o‘tkazilgan “Neftyanaya sova” VI xalqaro intellektual o‘yinida ishtirok etishdi.
Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirligi huzuridagi Yoshlar kengashi tomonidan Moskva shahrida tashkil etilgan mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad – yoshlarning intellektual saviyasini oshirish, neft va gaz sanoatining ijobiy imidjini shakllantirishdan iborat.
Unda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekiston kabi davlatlardagi korxona, tashkilot va ta’lim muassasalari xodimlaridan iborat jami 125 ta jamoa ishtirok etdi.
Ishtirokchilar musobaqaning bosh sovrini – haqiqiy neft bilan to‘ldirilgan billur boyqush ko‘rinishidagi kubogi uchun o‘zaro bahslashdilar.
“O‘zbekneftgaz” AJ yosh mutaxassislarning intellektual o‘yinlar, viktorinalar, ilmiy-texnikaviy konferensiyalarda ishtirok etishlarini qo‘llab-quvvatlash orqali ularningkasbiy malakalarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi.