November 6

“Tatneft” kompaniyasi raisi bilan muzokara o‘tkazildi

Ruscha

Tatneft kompaniyasi rahbari bilan muloqotda hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokarada xorijiy kompaniyaning tajribasi va yangi texnologiyalarni Jamiyat tasarrufidagi korxonalarda tadbiq etish hamda yangi va yuqori istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Shuningdek, kompaniya rahbari Jamiyatda tashkil etilgan “Modellashtirish” va “Burgʼilash ishlarini boshqarish” markazlari hamda “Raqamli kon” loyihalari bilan yaqindan tanishdii.

Muzokaralar yakunida geologiya-qidiruv yo‘nalishidagi tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, dolzarb yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashishni jadallashtirishga kelishib olindi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook