March 18

Ustyurt hududida yana bir quduq muddatidan avval burg‘ilab tugatildi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan gaz qazib chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, yangi yondashuvlarni qo‘llash, burg‘ilash vaqtini qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘z samarasini bermoqda.

O‘tgan yili “Quyi Sharqiy Berdax” koniga qarashli, reja bo‘yicha 150 kunda burg‘ilab tugatilishi kerak bo‘lgan 17-sonli quduq 82 sutkada burg‘ilab tugatilgani xaqida xabar berilgan edi.

Ushbu tajriba 20-sonli quduqda ham qo‘llanilishi natijasida burg‘ilash ishlari 83 kunda tugatildi. Quduqda burg‘ilash ishlari 2023 yil 25 dekabrda boshlanib, joriy yilning 17 martida yakunlandi.

Burg‘ilash dastgohining zamonaviy talab darajasida jihozlanishi, "kunlik-reja" nazoratining to‘liq raqamlashtirilgani, soha fidoyilarining zaxmati bilan muddat 64 kunga qisqardi.

Bu Ustyurt mintaqasidagi loyihaviy chuqurligi 4500 metr bo‘lgan quduqlarni burg‘ilash bo‘yicha ikkinchi eng yaxshi natijadir.

Ustyurt hududi tabiatining qish kunlaridagi injiqliklarida ishlash qanchalik qiyin bo‘lishiga qaramasdan o‘z vazifalarini a’lo darajada ado etgan burg‘ilash jamoasi ishchilarining zahmatli mehnati rahbariyat tomonidan munosib rag‘batlantirilishi belgilab olindi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook