May 5
Murojaatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,7 foizga kamaydi
2025 yilning yanvar-aprel oylarida “O‘zbekneftgaz” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 224 ta murojaatning barchasi boshqaruv apparati, boshqarma va korxonalar kesimida tahlil qilindi. Tahlillar murojaatlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,7 foizga kamayganini ko‘rsatdi.
Ularning 192 tasi qanoatlantirilgan, 10 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan, 8 tasi rad etilgan, 14 tasi ish jarayonida.
Prezident virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalaridan jami 60 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 51 tasi ijrosi ta’minlandi, 9 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
977 ta murojaatga rasmiy veb-saytdagi “Onlayn-maslahatchi” xizmati orqali tezkor javob va tushuntirishlar berildi.
May 5, 10:22
0 views
0 reposts