Xalqaro investorlar va J.P.Morgan vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi
“Oʻzbekneftgaz” AJ da AQShning J.P.Morgan kompaniyasi vakillari hamda xalqaro investitsiya kompaniyalari va evrobond investorlaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Jamiyat tomonidan soʻnggi yillarda erishilgan moliyaviy natijalar, transformatsiya jarayonlari, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kompaniyaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, davlat tomonidan koʻrsatilayotgan tizimli qoʻllab-quvvatlash, geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish hamda istiqboldagi investitsiya loyihalari yuzasidan taqdimot oʻtkazildi.
Investorlar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan maʻlumotlarga ega boʻlishdi hamda kelgusida ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini taʻkidladilar.