Samarqanddan Zomingacha: xodimlar uchun turizm tadbirlari davom etmoqda
“O‘zbekneftgaz” AJ va Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan jamiyat tizimidagi ishchi-xodimlar uchun qator madaniy- ma’rifiy sayohatlar tashkil etildi.
Jumladan, Muborak gazni qayta ishlash zavodi ishchi-xodimlari Samarqand shahriga tashrif buyurib, Registon ansambli, Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalari, Shohi Zinda majmuasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi hamda Amir Temur jome masjidi kabi tarixiy maskanlar bilan tanishdilar.
Korxona ayol xodimlari uchun Shahrisabz shahridagi “Oqsaroy” majmuasiga alohida sayohat tashkil etildi.
“O‘zbekneftgaz” AJ markaziy apparati xodimlari esa Zominga tabiat qo‘ynida madaniy-dam olish safarini amalga oshirdilar.
Shuningdek, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi xodimlari Toshkent shahriga sayohat qilib, poytaxtning madaniy va tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Ushbu tashabbus ishchi-xodimlarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi va bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishtirish, ichki turizmni rivojlantirish hamda jamoada sog‘lom muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.