October 27, 2023

Qozog‘istonning “Halyk Bank” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ va Qozog‘istonning yirik tijorat banklaridan biri bo‘lgan “Halyk Bank” vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlikning keyingi bosqichlari va moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat davomida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisining o‘rinbosari bank vakillarini jamiyat tomonidan erishilgan natijalar, gaz qalib olish jarayonidagi muvaffaqiyatlar, amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari, loyihalar va islohotlar bilan tanishtirdi.

Ta’kidlash joizki, “O‘zbekneftgaz” AJ xodimlari bank vakillariga Yaponiyaning “MUFG Ban Ltd” banki tomonidan tashkil qilingan sindikatlashgan kredit loyihasidagi ishtiroki uchun o‘z minnatdorligini bildirishdi. Shuningdek, “Halyk Bank” vakillari Germaniyaning “Deutsche Bank AG” banki tomonidan tashkil qilinayotgan sindikat kredit loyihasiga katta qiziqish bildirishdi va loyihada ishtirok etishni ma’lum qildi.

Uchrashuvda “Halyk Bank” vakillari tomonidan kredit loyihalari riski, loyihani moliyalashtirish bo‘yicha xalqaro moliyaviy bozorlar yo‘nalishlari yuzasidan ma’lumot berildi. Xalqaro qarz bozorida bo‘layotgan holatlar va bozorda o‘zgaruvchanlik darajasi yuqoriligi hamda barqaror holatga qaytishi ta’kidlandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube