July 6, 2023

“J.P.Morgan” banki “O‘zbekneftgaz” AJning likvidlik darajasini ijobiy baholadi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati va AQSHning “J.P.Morgan Chase” banki vakillari o‘rtasida hamkorlikning navbatdagi bosqichlarining muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda dastlab AQSH bankining moliyaviy ko‘rsatkichlari va natijalarini aks ettiruvchi korporativ tahliliy taqdimoti namoyish etildi. Shuningdek, xorijiy hamkorlar tomonidan bugungi kunda kapital bozorda kuzatilayotgan moliyaviy muammolar va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Uchrashuvda bank vakillari “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar uchun savdoni moliyalashtirish hamda moliyaviy aktivlardagi xatarlarni kamaytirish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif etdi.

Hamkorlar birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalarga bank tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy instrumentlarning bugungi holati va rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdi.

Muzokaralar yakunida xorijiy tomon “O‘zbekneftgaz” AJning likvidlik darajasini ijobiy baholadi hamda qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish borasidagi aloqalarni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanligini qayd etdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube