March 18

Xodimlar o‘zaro tajriba almashdi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJning Magistrlar klub a’zolari o‘zaro tajriba va fikr almashish, hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida “Uzbekistan GTL” MCHJda bo‘lishdi.

Dastlab xodimlar “Uzbekistan GTL” zavodining texnologik imkoniyatlari hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi.

So‘ngra ular xaridlar, mahsulotlarni sotish va marketing xizmati, omborlar va personalni boshqarish, kadrlar tayyorlash, operasion samaradorlik, mehnatni tashkil etish va ish haqi, ishlab chiqarish, hujjatlar hamda transportlarni boshqarish, avtomatlashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashib, mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Shuningdek, zamonaviy boshqaruv tamoyillari va ishlab chiqarish jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha ham fikrlashib oldilar.

Ta’kidlash joizki, bu kabi uchrashuvlar tizim korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish va xodimlar malakasini oshirishga xizmat qiladi.

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ Matbuot xizmati