“O‘zbekneftgaz” AJ turli veb-sayt va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini firibgarlar tuzog‘idan ogohlantiradi
So‘nggi vaqtlarda firibgarlar o‘z maqsadlariga erishish uchun “O‘zbekneftgaz” AJ nomidan foydalanishning yangi turli usullarini o‘ylab topishmoqda.
Internet tarmoqlarida “O‘zbekneftgaz” AJ nomidan investisiya kiritish orqali daromad olish haqidagi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, navbatdagi yolg‘on xabar tarqatilmoqda.
Firibgarlar tarqatayotgan bu galgi yolg‘on xabarda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan London xalqaro fond birjasida uzoq muddatli korporativ obligasiyalar (yevrobondlar) joylashtirilishi ortidan O‘zbekiston aholisiga sarmoya kiritish imkoni berilgani aytilmoqda.
“O‘zbekneftgaz” aksiyalarini 1 000 000 so‘mga sotib olib, mo‘may daromad topish taklif etilib, yolg‘on chaqiriq qilgan firibgarlar internet foydalanuvchilarning telefon nomer va plastik kartalaridan pul yechib olishga urinishlari mumkin.
Hurmatli internet foydalanuvchilari “O‘zbekneftgaz” AJ nomidan foydalanib, daromad ilinjida yurganlarning aldovlariga uchmang. Bunday ma’lumotlar “O‘zbekneftgaz” AJning mutlaqo aloqasi yo‘q va bu yolg‘ondir.
“O‘zbekneftgaz” AJ faoliyati bilan bog‘liq rasmiy xabarlarni, jamiyatning www.ung.uz veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali tanishishingiz mumkin.