April 29

“Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan tadbir

Ruscha

Xalqaro mehnat tashkiloti tashabbusi bilan 2003 yildan boshlab 28 aprel — “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” deb e’lon qilingan.

Ushbu kun munosabati bilan “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda sanoat korxonalarida sodir bo‘layotgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishning oldini olish hamda mehnat muhofazasiga e’tiborni yanada kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda majmua ma’muriyati, Kasaba uyushma qo‘mitasi vakillari hamda barcha bo‘linma, xizmat, tarmoqlardan ishchi-xodimlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan mutaxassislar korxonada mehnatni muhofaza qilish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish va ishlab chiqarish jarayonlarida favqulodda baxtsiz hodisalarning oldini olish, xavfsizlik texnikasi choralarini ko‘rish hamda bu borada ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar va boshqa shu kabi masalalarga batafsil to‘xtalib o‘tishdi.

Shundan so‘ng, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslikning oqibatlari aks etgan ta’sirli videolavha namoyish etildi.

Tadbir so‘nggida mehnat qonunchiligi talablarini buzmagan hamda mehnat muhofazasi sohasining rivoji uchun munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh ishchi-xodimlar rag‘batlantirildi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook