“O‘zbekneftgaz”: “Uzbekistan GTL” zavodi “BATEMAN” va “KMPO” siquv kompressor stansiyalarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi
Ayni paytda “Uzbekistan GTL” zavodiga qarashli “SS01” podstansiyadan Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining “110/35/6 kV” podstansiyagacha uzunligi 25 km 35 kV bo‘lgan havo liniyasi tarmog‘i va transformator podstansiyasi qurilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi, “Uzbekistan GTL” zavodidagi bug‘ turbina generatori orqali ishlab chiqariladigan va zavod ehtiyojlaridan ortgan elektr energiyani “BATEMAN” va “KMPO” siquv kompressor stansiyalariga yetkazib berishdan iborat.
Ushbu havo liniyasi tarmog‘i va transformator podstansiyasini ishga tushirilishi hisobiga yiliga o‘rtacha 21.2 mln kVt*soat elektr energiyani tashqi tarmoqdan qabul qilinmaydigan bo‘ladi.
Loyihaning qurilish-montaj ishlari bosh pudratchi – “Maxsusenergogaz” AJ tomonidan amalga oshirilmoqda.